Har bir yangi bilim va ko‘nikmalar ishimiz samaradorligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Mana shu shiorga amal qilgan holda «Turonbank» ATB raisining tashabbusi bilan "Open air" mavsumi davom etmoqda. Navbatdagi seminar-treningda Xodimlar bilan ishlash departamenti rahbarlari, filiallardagi ishyurituvchilarhamda kassa xizmati sho‘basi mudirlari ishtirok etdi.
Seminar-trening davomida ko‘plab mavzular muhokama etilib, qatnashchilarning mazmunli dam olishlari uchun ham sharoitlar yaratildi. Ishtirokchilar O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi dotsenti Nasiba Saidrahimovadan lotin yozuvida ish olib borish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi o‘qituvchisi Lola Ibragimovaning amaliy mashg‘ulotlari bilan taym-menejment, yaʼni vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda ish jarayonida stress holatlardan to‘g‘ri chiqish borasida qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.
«Turonbank» ATBda ayollarga alohida eʼtibor qaratilib ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi, shuning uchun ham tadbirga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayziyeva taklif etildi. Deputat O‘zbekistonda xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va maʼnaviyatni yuksaltirish, ish va oilaga o‘z vaqtida eʼtibor qaratish borasida dildan suhbat o‘tkazildi.
«Turonbank» ATBda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi qarori ijrosini taʼminlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Shuning uchun ham seminar-trening ishtirokchilari uchun “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga sayohat uyushtirildi. Bundan tashqari tabiat qo‘ynida dam olibBo‘stonliqtumanidagi manzarali va ko‘ngilochar hududlarga sayohat qilishdi. Ishtirokchilar uchun shaxmat-shashka, stol tennisi bo‘yicha musobaqalar ham tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar jamoadagi hamjihatlikni mustahkamlashga hamda ish faoliyatida samaradorlik oshishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish uchun «Turonbank» ATBda barcha shart sharoitlar yaratilgan.
30 Avg 2022