11 Iyul 2026
Joriy yilning 11-iyul kuni “Turonbank” ATB Bosh buxgalteri Sh.Bozorov va Jizzax BXM rahbari A.Muxammadiyevlar boshchiligidagi ishchi guruh “Mahalla” loyihasi doirasida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bo‘lib, hududdagi istiqbolli loyihalar faoliyati bilan tanishdi hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
O‘rganishlar davomida Baxmal tumani “Novqa” MFY hududida joylashgan “Shukrona Biznes Servis” MCHJ issiqxona majmuasi ko‘zdan kechirildi. Issiqxonada yetishtirilayotgan pomidor va bodring mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud sharoitlar hamda faoliyatni yanada rivojlantirish istiqbollari o‘rganilib, tadbirkorning taklif va ehtiyojlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Baxmal tumani O‘smat MFY hududidagi to‘qimachilik korxonalari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, taqachilik va egarchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlar davomida ularning faoliyatini rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda istiqboldagi rejalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
“Turonbank” ATB “Mahalla” loyihasi doirasida hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi investitsiya loyihalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarini izchil davom ettiradi.
Turonbank — barqaror rivojlanish va ishonchli hamkor!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati