Turonbank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Zohidjon Obidov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida avvalo bankka biriktirilgan Mahallalar yettiligi vakillari va Mahalla bankirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining daromadini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi.

Mahallalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqotlar davomida ularning loyihalari, mavjud ehtiyojlari va bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirishni kengaytirish va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng bank tomonidan moliyalashtirilgan qator loyihalar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

  • Baliqchi tumanida “Sortepa” MFYda joylashgan “BALQICHI XARIR TOLA” MCHJning pillani qayta ishlash sexidagi ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, “Farovon” va “Sarnovul” mahallalarida Turonbank kreditlari asosida tashkil etilgan zamonaviy issiqxonalar faoliyati tahlil qilindi.
  • Oltinko‘l tumanida esa “Sharq Yulduzi” MFY hududida joylashgan “Golden Lemon Fruit” MCHJning 10 gektar maydondagi zamonaviy issiqxona majmuasi bilan tanishildi.
Uchrashuvlar davomida loyihalar samaradorligini yanada oshirish, mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash hamda tadbirkorlar uchun yanada qulay moliyaviy imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

photo_10_2026-07-14_16-58-30.jpg
photo_9_2026-07-14_16-58-30.jpg
photo_8_2026-07-14_16-58-30.jpg
photo_7_2026-07-14_16-58-30.jpg
photo_5_2026-07-14_16-58-30.jpg
photo_4_2026-07-14_16-58-30.jpg