O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki topshirig‘i ijrosi doirasida hududlarda bank xizmatlarini ommalashtirish hamda yordamchi-agentlar malakasini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Turonbank” ATB Davlat dasturlari departamenti va Matbuot jamoasi tomonidan joriy yilning 4-6 aprel kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘quv-seminarlar tashkil etildi.

Seminar davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar batafsil yoritildi:
  • Mahallalarda bank xizmatlarini keng targ‘ib qilish
  • Aholining moliyaviy va raqamli savodxonligini oshirish
  • Yordamchi-agentlar faoliyatini samarali tashkil etish
  • Naqdsiz hisob-kitoblar amaliyoti
  • Yangi mijozlarni jalb qilish mexanizmlari
Mazkur tashabbus orqali hududlarda bank xizmatlarining qamrovi kengayib, aholiga yanada qulay va tezkor moliyaviy xizmatlar yetkazib berilishi ta’minlanadi. Bu esa yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.

Turonbank — har bir hududda imkoniyatlar eshigini ochadi!

photo_1_2026-04-11_14-18-44.jpg
photo_3_2026-04-11_14-18-44.jpg
photo_2_2026-04-11_14-18-44.jpg
photo_5_2026-04-11_14-18-44.jpg
photo_4_2026-04-11_14-18-44.jpg
photo_7_2026-04-11_14-18-44.jpg
photo_6_2026-04-11_14-18-44.jpg
photo_9_2026-04-11_14-18-44.jpg
photo_8_2026-04-11_14-18-44.jpg
photo_10_2026-04-11_14-18-44.jpg