Navbahor tumanida “Turonbank” ATB va tuman hokimligi hamkorligida aholini daromadli mehnatga jalb etish, xonadonlarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mini-texnologiyalar yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkada aholiga xonadon sharoitida biznes boshlash imkonini beruvchi zamonaviy mini-texnologiya va uskunalar namoyish etildi. Ishtirokchilarga ularni xarid qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

Tadbir doirasida “Turonbank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Tohir Ahmedov ishtirokchilar bilan muloqot qilib, tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish uchun mavjud moliyaviy imkoniyatlar, kredit mahsulotlari hamda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak haqida ma’lumot berdi.

Ishtirokchilar mini-texnologiyalar asosida kichik biznesni yo‘lga qo‘yish, mavjud moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish va o‘z xonadonida barqaror daromad manbasini yaratish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — aholini shunchaki ish bilan ta’minlash emas, balki o‘z biznesini boshlashi, daromad manbasini yaratishi va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishdir.

“Turonbank” aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda yangi daromad manbalarini yaratishga qaratilgan amaliy ishlarni izchil davom ettiradi.

photo_2026-09-19_13-33-14.jpgphoto_2026-09-19_13-33-15.jpgphoto_2026-09-19_13-33-16.jpgphoto_2026-09-19_13-33-17.jpgphoto_2026-09-19_13-33-18.jpgphoto_2026-09-19_13-33-19.jpgphoto_2026-09-19_13-33-20.jpgphoto_2026-09-19_13-33-21.jpgphoto_2026-09-19_13-33-22.jpg