“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari T.Axmedov Qorovulbozor tumani Navbahor MFY raisi hamda hokim yordamchisi bilan uchrashib, mahalladagi mavjud muammolar va takliflarni o‘rgandi. Muloqot davomida aholi va tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud masalalarga amaliy yechim topish hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, T.Axmedov Navbahor MFY hududida joylashgan “Hamro Sulton Doston” MCHJ savdo faoliyati bilan tanishib, korxona rahbari bilan mavjud muammolarni muhokama qildi. Uchrashuv davomida tadbirkor savdo faoliyatini kengaytirish uchun 40 000 AQSh dollari miqdorida maqsadli kredit olish istagini bildirdi. Mazkur mablag‘ hisobidan qo‘shimcha bino qurish va faoliyat ko‘lamini kengaytirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
Tadbirkorning yangi loyihasi amalga oshirilishi natijasida qo‘shimcha 5 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Bunday amaliy uchrashuvlar tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rganish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Turonbank — biznes rivoji va yangi marralar sari ishonchli hamkor!











