Xodimlarning yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, o‘z ustida ishlashi kompaniyaning yuqori natijaga erishishida muhim omillardan biri hisoblanadi. Faoliyatdagi samaradorlik ham ortib boradi. Shuning uchun ham “Turonbank” ATB raxbariyati tomonidan bankni transformatsiya qilish jarayonida barcha BXMlar xodimlarining bilimlarini oshirish uchun o‘quv-treninglar o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi o‘quv-treningda “Turonbank” ATB Buxoro BXM xodimlari ishtirok etdi. Treningda malakali mutaxassislar O‘zbekiston bank tizimida olib borilayotgan ishlar, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va ularga kiritilayotgan o‘zgarishlar borasida so‘z yuritishdi.
Moliya muassasasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar uchun taqdim etilayotgan bank mahsulotlarini ishlab chiqish hamda mijozlarga sotishda zamonaviy usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega, ayniqsa tranformatsiya jaayonida. Shuning uchun ham trening davomida bunga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida etika qoidalariga amal qilish bank imidjida muhim rol o‘ynaydi, shu sababli o‘quv-trening jarayonida bu mavzu borasida batafsil so‘z yuritildi.
2022 yil sentyabr oyidan Turonbank “Colvir” dasturida o‘z faoliyatini olib bormoqda. O‘quv-trening davomida mazkur dasturda ishlash jarayonlari va amaliyotda yuzaga kelayotgan vaziyatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Buxoro BXM xodimlari uchun shuningdek taym-menejment va motivatsion mavzularda ham amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz bu kabi o‘quv treninglar Turonbankning butun respublika bo‘ylab joylashgan barcha BXM xodimlari uchun tashkil etiladi va har bir mashg‘ulotlardan so‘ng xodimlarning bilimlari maxsus testlar yordamida sinovdan o‘tkaziladi.