8 Okt 2026
Joriy yilning 7-oktabr kuni “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida bo‘lib, PF-193-son Farmon ijrosi doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida Navoiy shahri, Karmana va Navbahor tumanlarida tadbirkorlik va investitsiyaviy loyihalarning holati, yer va mavjud resurslardan foydalanish samaradorligi, aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Hududlardagi mavjud imkoniyatlar va istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Ish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni jadallashtirish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatidan yanada samarali foydalanish bo‘yicha tegishli taklif va vazifalar belgilab olindi. Bunda aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish va hududlarda iqtisodiy faollikni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Turonbank — hududlar rivoji va tadbirkorlar bilan birga!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati