Joriy yilning 17–21-oktabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bag‘ishlangan nufuzli “SIAL Paris 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning turli mamlakatlaridan ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar va salohiyatli hamkorlarni birlashtirgan mazkur xalqaro maydon milliy mahsulotlarni keng targ‘ib etish, yangi savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Turonbank” ATB vakillari ham ushbu nufuzli ko‘rgazmada “O‘zbek limoni” milliy brendi ostida yurtimiz mahsulotlarini xalqaro maydonda targ‘ib etishda ishtirok etmoqda. Bu orqali mamlakatimizning eksport salohiyatini namoyon etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlarini keng yoritish va o‘zbek limonlarining xorijiy bozorlardagi nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yorqin rangi, xushbo‘y ifori va betakror ta’mi bilan ajralib turadigan o‘zbek limonlari yurtimizning tabiiy imkoniyatlari, dehqonlarimizning fidokorona mehnati va milliy mahsulotlarimizning o‘ziga xosligini namoyon etadi. Parijdagi xalqaro ko‘rgazma esa mahalliy mahsulotlarni xorijiy xaridorlarga tanitish, yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda o‘zbek limonlarining eksport geografiyasini kengaytirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.
“Turonbank” ATB tadbirkorlar va eksportchilarning ishonchli hamkori sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda milliy mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.
O‘zbek limoni — yurtimiz salohiyati va milliy mahsulotlarimiz iftixori!













