13 Sen 2026
Joriy yilning 11-sentabr kuni “Turonbank“ ATB Xodimlarni boshqarish (HR) departamenti direktori N.Tangniberdiyev Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Omonariq” MFYda xonadonma-xonadon xatlov ishlarida ishtirok etdi. Jarayon davomida ijtimoiy reyestrning “qizil” toifasiga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoiti o‘rganilib, mavjud muammolarni aniqlash va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi. Mahalladagi jami 23 ta “qizil” toifadagi xonadonga borilib, tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda fuqarolarga homiylik yordamlari ko‘rsatildi.
O‘rganish davomida “Omonariq” mahallasida yashovchi S.Sodiqovaning xonadonida ham bo‘lindi. Fuqaroning oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishilib, zarur yordam choralari belgilandi. Tuman hokimligi tomonidan nogironlik aravachasi, Turonbank homiyligida esa hovlidan artezian quduq qazish uchun zarur bo‘lgan suv nasosi, sim va boshqa jihozlar xarid qilindi. Eng muhimi, bu yordam qog‘ozda qolib ketmadi — xonadonda artezian suv qudug‘i qazilib, suv chiqarib berildi.
Xonadonma-xonadon xatlov natijalari bank-kredit.uz platformasiga joylashtirildi. Kunning ikkinchi yarmida esa N.Tangniberdiyev mahalla bankirlari va hokim yordamchilari bilan uchrashib, yangi tartiblar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berdi.
Turonbank — hududlarda, mahallalarda va eng muhimi, insonlar bilan birga!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati