Joriy yilning 15-oktabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyda “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy rivojlanishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni yangi marralar sari ruhlantirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining matbuot kotibi Sh.Qo‘chqarov ishtirok etib, yoshlar bilan o‘z bilim va tajribalarini o‘rtoqlashdi. Samimiy muloqot davomida notiqlik mahorati, diplomatik etiket qoidalari, kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish omillari hamda shaxsiy rivojlanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, moliyaviy savodxonlikni oshirish, mablag‘larni oqilona boshqarish, kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish, turli kiberhujumlar va internet firibgarliklaridan himoyalanish yuzasidan foydali tavsiyalar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Bugungi bilim — ertangi muvaffaqiyat poydevori!

photo_2026-10-15_15-04-51.jpgphoto_2026-10-15_15-04-59.jpgphoto_2026-10-15_15-05-05.jpgphoto_2026-10-15_15-05-09.jpgphoto_2026-10-15_15-05-12.jpgphoto_2026-10-15_15-05-13.jpgphoto_2026-10-15_15-05-16.jpgphoto_2026-10-15_15-05-25.jpgphoto_2026-10-15_15-05-21.jpg