“Turonbank” ATB Termiz BXM rahbari 1 gektar maydonda zamonaviy issiqxona majmuasini barpo etish loyihasini taqdim etib, bu haqda batafsil ma’lumotlarni aytib o’tdi.

Qayd etish lozimki mazkur loyiha yuqori samaradorlikka ega limon ko‘chatlarini yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, zamonaviy sug‘orish tizimlari, iqlim nazorati uskunalari hamda energiya tejamkor texnologiyalar bilan jihozlanadi.
Umumiy qiymati 450 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan tashabbus amalga oshirilgach:
• yil davomida barqaror hosil olish
• ichki bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash
• eksport hajmini oshirish
• yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.










