Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Xakimov Feruz tomonidan kredit ajratilishi bilan bog‘liq tarqalgan murojaat yuzasidan “Turonbank“ ATB quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur murojaat bank tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan taqdim etilgan garov mulki bo‘yicha dastlab kadastr hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi, xususan, bino-inshootlar tegishli tartibda rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng fuqaro tomonidan boshqa mulk — ya'ni 6 sotix yer maydoni garov sifatida taklif etilgan. Mazkur mulk bank mutaxassislari tomonidan qayta o‘rganilib, uning huquqiy holati va likvidligi baholangan.

Baholash natijalariga ko‘ra, garov ta’minotining huquqiy holati, mavjud cheklovlar hamda mulkning to‘liq shakllanmaganligi inobatga olinib, kredit miqdori belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilgan. 

Shuniningdek mijozga, bank tomonidan kredit ajratish qarorlari amaldagi qonunchilik hamda ichki tartib va risk baholash mezonlari asosida qabul qilinishi ma’lum qilingan.

“Turonbank“ ATB o‘z faoliyatida shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qiladi hamda barcha murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.