Joriy yilning 29-aprel sanasida “Turonbank” ATBning Bosh ofisida “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbir bank tizimida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish va xodimlar bilimini oshirishga qaratildi.

photo_2026-05-01_10-21-57.jpg

Seminarda Bosh ofis xodimlari va rahbariyat vakillari bevosita ishtirok etdi, hududiy BXM xodimlari esa ZOOM orqali onlayn tarzda qatnashdi. Natijada, barcha ishtirokchilar yagona bilim maydonida birlashdi.

Tadbirga sun’iy intellekt yo‘nalishida tajribali mutaxassis jalb etilib, ishtirokchilarga innovatsion texnologiyalar va ularning bank faoliyatidagi amaliy ahamiyati bo‘yicha muhim tushunchalar berildi.

photo_2026-05-01_10-21-53.jpg

Mazkur seminar xodimlar salohiyatini oshirish, bank xizmatlarini takomillashtirish va innovatsion rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qiladi.

Turonbank – innovatsiyalar sari ishonchli qadam!