Talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan barcha yoshlarni tabriklaymiz!
To‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan yoshlar Turonbank tomonidan taqdim etilayotgan Taʼlim kreditidan foydalanishlari mumkin.
Taʼlim krediti Davlat OTM hamda Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi litsenziyasiga ega xususiy OTMlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.
Qarz olishda talabaning yaqin qarindoshlari (ota, ona, aka, uka, opa, singil, buvisi va bobosi) yoki unga vasiy bo‘lgan shaxs ishtirok etadi.
Taʼlim kreditini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Pasport yoki ID karta;
- Taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
- Taʼminotga doir hujjatlar (bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat)
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.
Taʼlim kreditini rasmiylashtirganingizdan so‘ng o‘qish davrida siz kredit uchun hisoblangan foizlarning o‘zinigina qaytarasiz. Asosiy qarzni esa o‘qishni yakunlaganingizdan so‘ng, 6 oy o‘tib, maʼlum ishga joylashishga ulgurganingizdan keyingina 7 yil davomida bo‘lib – bo‘lib qaytarishingiz mumkin.
Yillik foizi esa – 14 foiz.
Xotin- qizlar uchun imtiyozli shaklda taʼlim krediti foizsiz ajratiladi.
Ular faqatgina olgan kredit miqdorlarining o‘zini o‘qishni tamomlagandan so‘ng, 6 oy davomida ishga joylashishga ulgurib, 7chi oydan boshlab 7 yil davomida bo‘lib – bo‘lib qaytarishadi. Ularga hech qanday foiz hisoblanmaydi.