7 May 2026
Joriy yilning 7-may sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining Matbuot kotibi Sh.Qo‘chqarov ishtirokida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Tadbir davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, moliyaviy savodxonlikni oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashning ahamiyati haqida fikr almashildi. Shu bilan birga, “Turonbank” ATB tomonidan amalga oshirilayotgan stipendiya dasturi haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Yakuniy qismda talabalarga kasbiy rivojlanish, bank tizimida faoliyat boshlash hamda o‘z ustida muntazam ishlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Turonbank – yoshlar bilan birga, kelajak sari dadil qadam!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati