Joriy yilning 10-iyul kuni “Turonbank” ATB Toshkent shahar BXM rahbari Rahimjon Mahmudov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatida bo‘lib, hududlarda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar faoliyati bilan tanishdi hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

O‘rganishlar davomida quyidagi loyihalar ko‘zdan kechirildi:
  • Yangiyo‘l tumanidagi issiqxona majmuasi — issiqxonalarda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud sharoitlar va rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi. Tadbirkorlarning taklif va ehtiyojlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
  • Bo‘ka tumanidagi “Avero Fiber” MCHJ — 200 ta yangi ish o‘rnini yaratishga mo‘ljallangan zamonaviy tekstil korxonasiga tashrif buyurilib, loyiha amalga oshirilish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga qaratilgan istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi.
“Turonbank” ATB hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi investitsiya loyihalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarini izchil davom ettiradi.

photo_2_2026-07-14_17-07-17.jpg
photo_3_2026-07-14_17-07-17.jpg
photo_1_2026-07-14_17-07-17.jpg
photo_4_2026-07-14_17-07-17.jpg
photo_5_2026-07-14_17-07-17.jpg
photo_6_2026-07-14_17-07-17.jpg