Xizmat safari davomida viloyatning Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Denov, Sariosiyo, Oltinsoy, Bandixon, Sho‘rchi, Qiziriq va Sherobod tumanlarida limonchilik va zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar o‘rganildi.

Uchrashuvlarda Prezident qarorlari ijrosini ta’minlash, aholi bandligini oshirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirishni kengaytirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

photo_4_2026-07-01_19-28-17.jpg
photo_3_2026-07-01_19-28-17.jpg
photo_2_2026-07-01_19-28-17.jpg
photo_1_2026-07-01_19-28-17.jpg