"Turonbank" ATB Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida Bulung‘ur tumanida tuman Hokimi Samandar Astanov bilan birgalikda amalga oshirilayotgan istiqbolli investisiya va qishloq xo‘jaligi loyihalari bilan tanishdi.

Dastlab "Bulung‘ur Agrostar" MCHJ agrokompleksi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mazkur zamonaviy agrokompleksda Misr Arab Respublikasidan olib kelingan yuqori sifatli mini-tuganaklar asosida urug‘lik kartoshka yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda ulardan dastlabki hosil olindi. Bu esa loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini hamda zamonaviy agrotexnologiyalarning yuqori samaradorligini yaqqol namoyon etmoqda.

Shuningdek, "Xo‘jamazgil" MFY hududida amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligi loyihalari ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror suv bilan ta’minlashga xizmat qiladigan nasos stansiyasi loyihasining texnik imkoniyatlari, suv resurslaridan samarali foydalanish va uning samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Uzumchilikni rivojlantirish loyihasi bilan ham tanishilib, shpalerlar o‘rnatiladigan maydonlar, suv havzalari va yaratilayotgan infratuzilma ob’yektlari ham ko‘zdan kechirildi. Suhbatlar davomida zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish, hosildorlikni oshirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

"Turonbank" ATB iqtisodiyotning agrar tarmog‘ida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy ishlarini izchil davom ettirmoqda

photo_10_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_1_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_2_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_3_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_4_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_8_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_7_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_5_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_12_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_11_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_9_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_6_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_13_2026-07-09_14-50-01.jpg
photo_14_2026-07-09_14-50-01.jpg