“Turonbank” ATB — real sektor taraqqiyoti sari dadil qadamlar bilan!

Joriy yilning 16-iyul kuni “Turonbank” ATB Boshqaruvi Raisi bir nechta yirik sanoat va agro loyihalar faoliyati bilan bevosita tanishish maqsadida o‘rganish tashrifini amalga oshirdi. 

Quyida ushbu tashrif doirasida ko‘zdan kechirilgan korxonalar haqida qisqacha ma’lumot: 
1. “ZALALMOWAFAQ FZ” MChJ xorijiy korxonasi
Ohangaron tumanidagi erkin iqtisodiy zonada joylashgan mazkur loyiha Germaniya texnologiyasiga asoslanib spirtsiz ichimliklar va mineral suvlar ishlab chiqaradi. 40 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya bilan bunyod etilgan korxonada 400 nafar ish o‘rni yaratilgan. 
2. “Premier Elektrotech”
Yaqinda ish faoliyatini boshlagan korxona zamonaviy konditsionerlar va havo sovutish tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mahsulotlari ichki bozorni raqobatbardosh texnologik yechimlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
3. “Poly Factor” MChJ
Polivinilxlorid (PVC) mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyiha bo‘lib, mahalliy xomashyodan samarali foydalanish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar yaratilmoqda. 
4. “Sammix Naslchilik” MChJ
Naslli parranda yetishtirish loyihasi qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mahalliy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.

Turonbank ushbu loyihalarning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini yuksak baholab, ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatda sanoat va agrosektor rivojiga faol hissa qo‘shib kelmoqda.

photo_2025-07-17_14-09-51.jpg
photo_2025-07-17_14-09-50 (2).jpg
photo_2025-07-17_14-09-50.jpg
photo_2025-07-17_14-09-49.jpg

photo_2025-07-17_14-09-48.jpg
photo_2025-07-17_14-09-47.jpg
photo_2025-07-17_14-09-46.jpg
photo_2025-07-17_14-09-45.jpg