"Rivojlanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish (FINGROW)" loyihasi doirasida Turonbank bosh ofisida muhim uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Jahon bankining xalqaro konsultanti Alessandro Bozzo ishtirok etib, "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" (EDC) bilan hamkorlik doirasidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:
  • EDC bilan amaldagi hamkorlik;
  • Kredit kafolatlari;
  • Kredit portfelini boshqarish imkoniyatlari;
  • Biznes subyektlarini moliyalashtirishdagi mavjud muammolar;
  • Bank xizmatlarini raqamlashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish;
  • Hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun amaliy takliflar.
Ushbu uchrashuv kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda bankimizdagi moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar asosida yanada yaxshilashda muhim qadam bo‘ldi.

photo_4_2026-07-14_16-54-08.jpg
photo_3_2026-07-14_16-54-08.jpg
photo_2_2026-07-14_16-54-08.jpg
photo_1_2026-07-14_16-54-08.jpg