Dastlab Baxmal tumanidagi 100 gektar maydondagi intensiv olma bog‘i loyihasi bilan tanishildi.

Loyihaning amalga oshirilish jarayoni, agrotexnik ishlar sifati hamda uning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Loyiha to‘liq quvvatda ishga tushgach, hududda 100 nafar doimiy ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Jizzax viloyatining Zomin tumanida amalga oshirilgan osma ko‘prik, restoran va mehmonxona loyihalari ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyihalarning turistik salohiyatni oshirish, hudud infratuzilmasini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur loyihalar hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi bandligini ta’minlash, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shimcha qiymat yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

photo_10_2026-07-10_10-35-23.jpg
photo_9_2026-07-10_10-35-23.jpg
photo_8_2026-07-10_10-35-23.jpg
photo_7_2026-07-10_10-35-23.jpg
photo_6_2026-07-10_10-35-23.jpg
photo_5_2026-07-10_10-35-23.jpg
photo_4_2026-07-10_10-35-23.jpg
photo_3_2026-07-10_10-35-23.jpg
photo_2_2026-07-10_10-35-23.jpg
photo_1_2026-07-10_10-35-23.jpg