“Turonbank” ATB mazkur sertifikatni tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritdi. Bu bank faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning xalqaro e’tirofidir.

ISO 37001:2025 — korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini samarali tashkil etish, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va kamaytirishga qaratilgan xalqaro standart hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida ham “Turonbank” ATB faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasidagi samarali sa’y-harakatlari uchun munosib e’tirofga sazovor bo‘lgan edi.

Ushbu sertifikat bankning korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlaydi hamda mijozlar, investorlar va biznes hamkorlar ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Turonbank — ochiqlik, shaffoflik va ishonchlilik tamoyillariga sodiq bank!

photo_2_2026-06-11_17-35-37.jpg
photo_1_2026-06-11_17-35-37.jpg
photo_3_2026-06-11_17-35-37.jpg