Turonbankning turistik loyihasiga press – tur tashkil etildi!
“Kun.uz”, “Daryo.uz”, “Gazeta.uz” va boshqa faol internet nashrlari vakillari, jurnalist hamda blogerlar, xalq tilida O‘zbekiston shveysariyasi deya ataluvchi Zomin kengliklarida amalga oshirilayotgan turistik loyihalar bilan yaqindan tanishishdi.
Davlatimiz rahbarining “Zomin” turistik-rekreasion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, u yerda zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish ishlari bosqichma – bosqich amalga oshirilmoqda.
OAV vakillari va blogerlar dengiz satxidan 2400 metr balandlikda joylashgan, Zomin tog‘larini bir – biri bilan bog‘lovchi, sayyohlarga estremal hissiyotlarni baxsh etuvchi yangi “Baxt ko‘prigi” majmuasida ham bo‘lishdi. Ushbu turistik obyektning uzunligi 305 metr bo‘lib, balandligi 150 metrdir. Ma’lumotlarga qaraganda, u bir vaqtning o‘zida 600 nafar insonni ko‘tara olish quvvatiga ega. Uning barcha texnologik jarayonlari Shveysariya uskunalari asosida amalga oshirilgan.
Turistik zona qurilishi hali yakuniga yetgani yo‘q. Keyinchalik yana ko‘p o‘rinli restoran, kottejlarning foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Press – turda ishtirok etgan OAV vakillari e’lon qilgan materiallar:
Daryo.uz - https://t.me/Daryo/100451
Kun.uz - https://t.me/kunuzofficial/142947
Mazkur “Baxt ko‘prigi” majmuasi haqida to‘liq reportajni TuronBank Media YouTube kanali orqali ko‘rishingiz mumkin.