01.png

Turonbank www.turonbank.uz rasmiy saytini yangiladi!

Zamonaviy trasformatsiya jarayonlarini olib borayotgan Turonbank mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida oʼzining rasmiy www.turonbank.uz saytini ham texnologik ham funksional jihatdan yangiladi.

02.png

“PixelCraft” kompaniyasi bugungi soʼnggi trendlarni inobatga olgan holda foydalanuvchilarga maksimal darajada komfort taqdim etuvchi eng sara korporativ saytlardan birini ishlab chiqdi. Xususan, barcha toifadagi mijozlar uchun alohida moʼljallangan sahifalar, Google yuqori koʼrsatkichlari – PageSpeed Insights (yuklab olish tezligi), qulay mobil versiya, 4K katta displeylariga moslashtirilgan interfeys, kreativ dizayn, bank Telegram-boti bilan integratsiyalashuv, interaktiv xizmatlarning kengaytirilgan funksionali, xavfsizlik algoritmi darajasining yuqoriligi saytning asosiy afzalliklari sanaladi.

03.png

44-shaxmat olimpiadasi gʼolibi va "Oʼzbekiston iftixori" medali sohibi – xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov brend-ambassador sifatida bank timsoli etib tanlanib, «Turonbank» АTB saytining zamonaviy qiyofasini yanada boyitgan.

Noyob texnologiya – Bitrix Framework platformasida sahifalarni yuklab olish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan Kompozit sayt saytning oʼziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli foydalanuvchi istalgan sahifaning kontentini bir zumda oladi, bu veb-saytda axborot izlashni maksimal darajada tezlashtiradi.

04.png

Oʼzbekiston banklari korporativ saytlarining aksariyati bilan solishtirganda, veb-sahifalar mahsuldorligini va optimallashtirilishini tahlil qiluvchi PageSpeed InsightsGoogle veb-instrumenti maʼlumotlariga koʼra, «Turonbank» АTB sayti mahsuldorlikning barcha parametrlari, izlashni optimallashtirish (SEO), maxsus imkoniyatlar va boshqa tavsiyalar boʼyicha eng yuqori koʼrsatkichlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, veb-sayt Google asosiy internet-koʼrsatkichlari – PageSpeed Insights (mobil uskunalardan va kompьyuterlardan) boʼyicha tekshiruvdan toʼliq oʼtadi.

Sayt sodda navigatsiyaga, oson tushuniladigan foydalanuvchi interfeysiga egaligi bois qulay boʼlib, uchta tildagi versiyada ishlaydi. Eski saytda lotin yozuvidagi oʼzbekcha versiya yoʼq edi, endi 10.02.2021 y. 61-son OʼzR VMQga muvofiq, u qoʼshildi va tegishli kontent bilan toʼldirildi. Saytning mobil versiyasidan ham foydalanish qulay: boʼlimlar boʼyicha navigatsiya soddalashtirilgan, sahifalarni yuklab olish yaxshilangan va menyu elementlari optimallashtirilgan. HTML5 yangi imkoniyatlari sahifani istalgan hajmdagi ekranga moslashtirish imkonini beradi, kod va skriptlar esa minimallashtirilgan, bu maʼlumotlarni uzatishga tushadigan bosimni ancha kamaytiradi. Bularning bari mobil uskunalarda sayt bilan ishlashni yanada qulaylashtiradi.

05.png

Loyihani ishlab chiqish natijasida ustuvor vazifa bajarildi: grafik bezak vositasida bankning individualligi qayd etildi va amaliy funksional yordamida asosiy xizmatlar ajratib koʼrsatildi. Sayt bir qator OʼzR VMQga, shuningdek Markaziy bank va «Kiberxavfsizlik markazi» DUK talablariga muvofiq ishlab chiqilgan. Loyiha yuqori darajadagi xavfsizlik algoritmiga ega CMS «1S-Bitriks» bazasida amalga oshirilgan.

06.png

Xususiy mijozlar, kichik va oʼrta biznes uchun va korporativ mijozlar uchun alohida moʼljallangan sahifalar ishlab chiqilgani bois har bir mijozning saytdan foydalanishi yanada qulaylashdi. Yangi yordamchi grafik elementlar – ikonkalar koʼrinishidagi qoʼshimcha navigatsiya menyusi, saytning tegishli sahifasiga oʼtish qulay boʼlgan yon tomondagi panel ham qoʼshildi. Ularning barchasi veb-sahifalarning turli uskunalarda toʼgʼri aks etishini taʼminlovchi zamonaviy va moslashuvchan dizayni bilan boyitilgan. Bunga sayt dizayni elementlari hajmini oʼzgartirish texnologiyasi asos qilib olingani tufayli erishilgan. Bunday metod interfeysning barcha elementlarini (shrift, tugmachalar, bloklar, chetlanish va h.k.) optimal darajada koʼlamdor qilish imkonini beradi, u minimal zichlikka ega mobil uskunalarga ham, maksimal zichlikka ega 4K displey ekranlariga ham avtomatik ravishda moslashadi.

07.png

Zamonaviy dizayndan tashqari, saytda interaktiv xizmatlar – depozit va kredit kalkulyatorlari, «Kreditning asosiy shartlari haqida axborot beruvchi varaq» moduli (modulda kredit mahsuloti xarakteristikalariga koʼra Microsoft Excel faylining avtomatik generatsiyasi amalga oshirilgan), fuqarolarning onlayn-murojaatlari, shuningdek mijozlar bilan real vaqt rejimida tezkor aloqa bogʼlash uchun onlayn-maslahatchi va boshqa xizmatlar ham mavjud. Shuningdek bank kartasiga, kredit olishga va omonatni rasmiylashtirishga buyurtma berish uchun ariza joʼnatish imkoniyati mavjud.

Bosh sahifa aholi orasida talabgir boʼlgan bank xizmatlari va servislari sohasidagi asosiy tamoyillarga muvofiq ishlab chiqilgan. Reklama slayderlari va bitta tugmachani bosish orqali oʼzini qiziqtiruvchi kreditlash, omonatlar, bank kartalari qismiga oʼtish imkonini beruvchi eng ommabop xizmatlar promo-bloklari birinchi oʼrinda ajratib koʼrsatilgan. Saytning bosh sahifasiga «Turonbank» АTB mijozlarining muvaffaqiyati tarixini aks ettiruvchi yangi blok ham qoʼshilgan.

08.png

MyTuron mobil ilovasiga ega blok, shuningdek yangiliklar blogi va valyutalar kurslari aks etadigan konverter foydalanuvchi uchun doim aktual boʼladi. Bosh sahifadagi kalьkulyatordan foydalanib, kreditning asosiy turlari boʼyicha oʼrtacha oylik toʼlovni hisoblab chiqish, uni qoplashning batafsil grafigini koʼrish va uni olish uchun ariza joʼnatish mumkin. Shuningdek ushbu kalьkulyator yordamida zarur parametrlarni (summa va muddat) tanlab, omonat boʼyicha olinadigan foydani hisoblab chiqish va uni rasmiylashtirish uchun ariza joʼnatish mumkin.

«Boʼlinmalar va bankomatlar» boʼlimidagi obʼektlarning interaktiv xaritasi saytning yana bir oʼziga xos xususiyati hisoblanadi, u bir nechta toifa: bank xizmatlari markazlari, bankomatlar, bank xizmatlari ofislari va b. boʼyicha izlash imkonini beradi. Ushbu funktsional sayt foydalanuvchisiga eng yaqin boʼlgan obʼektni izlab topishni yanada osonlashtiradi. Boʼlimda «Xaritadagi nuqtadan boshlab yoʼnalish» moduli ham mavjud, uning yordamida tanlangan obʼekt nuqtasidan belgilangan punktgacha yoʼnalishni belgilash, xohishga koʼra «Yandeks.Taksi» orqali taksiga onlayn-buyurtma servisidan foydalanish mumkin.

09.png

Sayt PixelCraft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va 2020 yilda ishga tushirilgan bank Telegram-boti bilan ham toʼliq integratsiyalashtirilgan. @turon_bank_bot logini ostidagi bankning rasmiy boti oʼzbek va rus tillarida toʼlaqonli faoliyat yuritmoqda, u interaktiv servislar bilan jihozlangan.

Bank saytining avvalgi versiyasi OʼzR VMQ talablariga muvofiq, shuningdek OʼzR Markaziy bankining barcha talablarini hisobga olgan holda PixelCraft kompaniyasi tomonidan 2019 yilda ishlab chiqilgani va ishga tushirilganini eslatib oʼtamiz. Shu vaqt oraligʼida veb-studiya saytni texnik jihatdan qoʼllab-quvvatlab turdi. Besh yil oʼtgach, zamonaviy internet-texnologiyalar nuqtai nazaridan veb-sayt juda eskirib, unga jiddiy ishlov berishga ehtiyoj tugʼildi. Nafaqat vizual bezak berish, balki foydalanishda qulaylik yaratish jihatidan ham. Shu munosabat bilan PixelCraft kompaniyasi barcha zamonaviy talablarga javob beradigan darajada saytni tubdan modernizatsiya qildi.

11.png