“Turonbank” ATB tizimida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida doimiy tarzda turli seminar treninglar o‘tkazib boriladi.
Navbatdagi treninglar front ofis xodimlari uchun tashkil etilib, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, yangi mahsulotlarni amaliyotga joriy etish masalalariga qaratilgan. Xususan “Turonbank” ATB Mirzo Ulug‘bek Bank xizmatlari markazida tashkil etilgan seminar treningda quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi:
“Turonbank” ATBning 2023-2027-yillarda rivojlanish strategiyasi va qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘llari;
“Turonbank” ATB tizimida etika qoidalari, xizmat ko‘rsatish standartlari va BXMlarning yangi tarkibiy tuzilmasi;
Mijozlarga servis xizmatlarni ko‘rsatish;
Chakana biznes mahsulot va xizmatlarini sotishni to‘g‘ri tashkil etish usullari. Shuningdek mahsulotlarning tahlilli.
Kichik va o‘rta biznes mijozlari uchun mavjud bank mahsulotlarini sotishni tashkil etish vaqtida Bank xizmati ofislarini jalb etish;
Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash usullari.
Mazkur seminar treninglarning “Turonbank” ATB tizimidagi barcha Bank xizmatlari markazlarida tashkil etishi rejalashtirilgan.