Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. Bayroq har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.

Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, shaklning soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan. Uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz maʼnosi mamlakat aholisining koʻp qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „Oʻzbekiston“ deb yozib qoʻyilgan. Umuman olganda Davlat gerbidagi har bir rang, chiziq, belgi chuqur ramziy maʼnoga ega. 

Oʻzbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart.

            unnamed.jpg