Andijon viloyati Baliqchi tumanining “Urmonbek” MFYda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Z.Obidov ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari, takliflari hamda hududni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalari tinglandi. Aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

“Turonbank” ATB tomonidan mahallalarda aholi va tadbirkorlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimiga amaliy ko‘mak berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ochiq muloqot — muammoni eshitish emas, unga yechim topish sari muhim qadam!

photo_4_2026-09-09_11-51-59.jpg
photo_3_2026-09-09_11-51-59.jpg
photo_2_2026-09-09_11-51-59.jpg
photo_1_2026-09-09_11-51-59.jpg