20 Iyul 2026
“Turonbank” ATB Davlat dasturlari departamenti tomonidan joriy yilning 17–18-iyul kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlarida faoliyat yurituvchi mahalla bankirlari hamda yordamchi-agentlar uchun navbatdagi o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Seminarlar davomida ishtirokchilarga kredit tarixi, kafillik, garov, bank kartalari, kiberxavfsizlik, shartnomalar bilan ishlash tartiblari hamda mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bank faoliyatida sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
O‘quv-seminarlar yakunida hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishildi, mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilinib, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Turonbank — har bir hududda imkoniyatlar eshigini ochadi!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati