“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Farg‘ona tumanining “Sanoat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida «Turon Farg‘ona Bog‘lari» MCHJ tomonidan 33,3 gektar maydonda barpo etilayotgan malina plantatsiyasida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.

Yer maydonlaridan samarali foydalanish, intensiv usulda ko‘chat ekish, zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish hamda eksportbop, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, loyihaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish va eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Boshqaruv Raisi Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari, qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda Turonbank ishtirokida amalga oshirilayotgan tashabbuslarning keyingi bosqichlari yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuvda loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ularning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

Xizmat safari yakunida mazkur loyihalarni izchil davom ettirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

photo_9_2026-07-27_18-55-56.jpg
photo_8_2026-07-27_18-55-56.jpg
photo_7_2026-07-27_18-55-56.jpg
photo_6_2026-07-27_18-55-56.jpg
photo_5_2026-07-27_18-55-56.jpg
photo_4_2026-07-27_18-55-56.jpg
photo_3_2026-07-27_18-55-56.jpg
photo_2_2026-07-27_18-55-56.jpg
photo_1_2026-07-27_18-55-56.jpg