Joriy yilning 23-iyul kuni “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari S.Kaldibayev va Zangiota BXM rahbari S.Doniyorov boshchiligidagi ishchi guruh Zangiota tumanidagi Kengkichik hamda Bogʻzor MFY hududlarida bo‘lib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati, amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar hamda hududning iqtisodiy salohiyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar joyida o‘rganildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar davomida UZKAND MCHJ limonni qayta ishlash korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Korxonada limonni qayta ishlash, mahsulotlarni tayyorlash va ularning qo‘shimcha qiymatini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar hamda faoliyatni yanada kengaytirish istiqbollari o‘rganildi. Shuningdek, korxona rahbari bilan ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Kengkichik va Bogʻzor MFY hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Muloqotlar davomida ularning faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni o‘rganish, moliyaviy ko‘mak mexanizmlarini kengaytirish hamda istiqboldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

“Turonbank” ATB hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi investitsiya loyihalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarini izchil davom ettiradi.

Turonbank — barqaror rivojlanish va ishonchli hamkor!

photo_1_2026-07-27_18-41-11.jpg
photo_2_2026-07-27_18-41-11.jpg
photo_3_2026-07-27_18-41-11.jpg
photo_4_2026-07-27_18-41-11.jpg
photo_5_2026-07-27_18-41-11.jpg
photo_6_2026-07-27_18-41-11.jpg