“Dolzarb 40 kunlik” doirasida “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev xizmat safari bilan Andijon viloyati Baliqchi tumanida bo‘lib, tuman hokimi Jasurbek Abduraimov bilan birgalikda Turonbankka biriktirilgan Tumor va Sarnovul mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarning iqtisodiy salohiyati, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni o‘rgandi.

Tumor mahallasida mahalla yettiligi va aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, tomorqa madaniyatini rivojlantirish, tomorqalardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahallaning chorvachilikka ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda «Chinobod chorvasi» nomli maxsus bank mahsulotini ishlab chiqish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, Sarnovul mahallasida ham mahalla yettiligi va aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqalardan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, amaliy natijalar bilan tanishildi.

Har ikki mahallada aholi daromadlarini oshirish va tomorqalardan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Turonbank tomonidan kartoshka urug‘lari yetkazib berilishi ma’lum qilinib, mahallalarning iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda manzilli moliyaviy yechimlarni joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

photo_3_2026-07-27_17-53-22.jpg
photo_4_2026-07-27_17-53-22.jpg
photo_5_2026-07-27_17-53-22.jpg
photo_6_2026-07-27_17-53-22.jpg
photo_7_2026-07-27_17-53-22.jpg
photo_8_2026-07-27_17-53-22.jpg
photo_9_2026-07-27_17-53-22.jpg
photo_1_2026-07-27_17-53-22.jpg
photo_2_2026-07-27_17-53-22.jpg