“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Chori Mirzayev Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Farg‘ona tumanida Turonbankka biriktirilgan “Dilkusho” mahallasida bo‘lib mahalla raisi bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla yettiligi, mahalla faollari, mahalla bankiri hamda mutasaddilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahallaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish hamda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan fikr almashilib, tegishli topshiriqlar berildi.

photo_3_2026-07-27_18-36-46.jpg
photo_2_2026-07-27_18-36-46.jpg
photo_1_2026-07-27_18-36-46.jpg
photo_5_2026-07-27_18-36-46.jpg
photo_4_2026-07-27_18-36-46.jpg