31 Iyul 2026
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, mahallalarni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi tizimli o‘rganishlar Jizzax viloyatining Baxmal tumanida ham izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan “Turonbank” ATB Xavfsizlik departamenti direktori Sh.Xamrayev va Jizzax BXM rahbari o‘rinbosari B.Atabayev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi “Qutlug‘obod”, “Mo‘g‘ol”, “Nushkent”, “Oyqor”, “Baxmal” hamda “O‘rmonchi” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahalla bankirlari, faollar, aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda fuqarolarni qiynayotgan masalalar, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini oshirish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat hamda takliflar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan muammolarning bir qismi joyida hal etilib, qo‘shimcha yechim talab etadigan masalalar mas’ullar ishtirokida nazoratga olindi. “Turonbank” ATB tomonidan mahallalarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mahalla ravnaqi — xalq farovonligi garovi!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati