“Turonbank” ATB tomonidan hududlarda istiqbolli investitsion loyihalarni aniqlash, ularni joyida o‘rganish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda.
photo_2026-08-06_13-01-12.jpg
“Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari T.Ahmedov hamda Navoiy viloyati Bank xizmatlari markazi rahbari G‘.Nusratov hududdagi mas’ullar bilan birgalikda Karmana tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
photo_2026-08-06_13-01-17.jpg
photo_2026-08-06_13-01-15.jpgO‘rganishlar davomida tumanning Sardoba mahallasidagi mavjud imkoniyatlar, yer maydonlari va istiqbolli tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Limonchilik uyushmasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda limonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. photo_2026-08-06_13-01-18.jpgMuhokamalar yakunida Sardoba mahallasidagi 15 sotix yer maydonida zamonaviy limonchilik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Mazkur loyiha yuqori daromadli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.photo_2026-08-06_13-01-20.jpg
Turonbank hududlarda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini izchil davom ettiradi.