7 Avg 2026
“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Toshkent viloyati Zangiota tumanining “To‘qimchi” MFY hududida joylashgan 5-sonli umumta’lim maktabi binosida “Turonbank” ATB ko‘magida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. “Turonbank” ATB Xaridlar boshqarmasi boshlig‘i K.Zuhurov hamda Zangiota BXM rahbari S.Doniyorov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan ta’mirlash jarayonlari joyida ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.
Obod ta’lim maskani — porloq kelajak sari muhim qadam!
Ta’mirlash ishlari doirasida maktab binosining mavjud holatini yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun yanada qulay, ozoda va munosib muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur amaliy tashabbus ta’lim maskanining qiyofasini yaxshilash bilan birga, yosh avlodning zamonaviy va shinam sharoitda bilim olishi uchun yanada keng imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
“Turonbank” ATB tomonidan mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, ta’lim maskanlarini obod qilish hamda aholi, ayniqsa, yoshlar uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda. Zero, ta’limga qaratilgan har bir e’tibor — kelajak taraqqiyotiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir.












