7 Avg 2026
Davlatimiz rahbarining kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, mahallalarda manzilli ishlash hamda hududlarni obod qilish borasida belgilab bergan ustuvor vazifalari ijrosi doirasida Namangan viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Kosonsoy tumanining “Bog‘ishamol” mahallasida Turonbank homiyligida mahalla idorasi hamda 41-maktab filiali hududidagi 500 kvadrat metr maydonda betonlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, fuqarolar va o‘quvchi-yoshlar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
“Shirinbuloq” mahallasida esa obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yangi bosqichda davom ettirilib, hududni yanada fayzli va ekologik barqaror maskanga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Tayanch mahalla hisoblangan “Ququmboy” MFYda yashillikni saqlash va hududni obod qilish maqsadida Turonbank homiyligida 300 metr masofaga suv tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha tomorqalar va yashil hududlarni suv bilan ta’minlash, mahallaning ekologik holatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda hokimning mahalla masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Turonbank Korporativ biznes departamenti direktori o‘rinbosari S. To‘layev, Namangan BXM rahbari v.b. A. Lutpiddinov, mahalla bankirlari, MFY raislari va “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

Jarayonda aholi murojaatlari tinglanib, mavjud masalalarni tezkor hal etish yuzasidan tegishli topshiriq va amaliy tavsiyalar berildi.

“Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari mahallalar qiyofasini tubdan o‘zgartirish, aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratish hamda “Inson qadri uchun” tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.