Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish har bir tashkilot oldida turgan muhim masala hisoblanadi. “Turonbank” ATBda ham korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib boriladi va buning uchun tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida xodimlar uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib boriladi.

Ana shunday tadbirlardan biri 15-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Turonbankning barcha Bank xizmatlari markazlari va ofislarida faoliyat olib boradigan xodimlar ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Sardor Mamanov ham ishtirok etib, bugungi kunda bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va bu yo‘nalishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga korrupsion holatlarning oqibati borasida yana bir ta’kidlab o‘tildi.

IMG_8680.JPG
Дизайн без названия (19).jpg
Дизайн без названия (13).jpg
Дизайн без названия (16).jpg
Дизайн без названия (18).jpg
Дизайн без названия (15).jpg