8 Iyul 2026
“Turonbank” ATBda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning kasbiy va shaxsiy salohiyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar yuzasidan navbatdagi brifing o‘tkazildi.
Brifingda ta’kidlanganidek, bugungi kunda bank tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning salmoqli qismini yoshlar tashkil etadi. Shu bois bank tomonidan yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning professional rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, bank tizimida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari muntazam tashkil etilib, yoshlarning ta’lim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda startap loyihalarini amalga oshirish borasidagi taklif va tashabbuslari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, faol, kreativ va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish tizimi ham izchil yo‘lga qo‘yilgan.
Yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida mahalliy va xalqaro malaka oshirish dasturlari muntazam tashkil etilib, bankda “Ustoz-shogird” tizimi, zamonaviy o‘quv markazi, sport zali, muzey hamda kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Har hafta o‘tkaziladigan “Sport kuni” tadbirlari esa xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida iqtidorli talaba va bitiruvchilarni bank tizimiga jalb etish, ularni amaliy tajriba bilan ta’minlash hamda “Turonbank stipendiyasi” loyihasi orqali qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Brifing davomida yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda imtiyozli moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan manzilli ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Ustoz AI” loyihasi orqali agrar sohada zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni ommalashtirish, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikdagi “Turon kitob bekati” loyihasi orqali kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yo‘nalishida erishilgan natijalar alohida e’tirof etildi.
Ta’kidlanganidek, “Turonbank” ATB tomonidan yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Video - https://youtu.be/T_y4R5oAnhw
Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati