Bulung‘ur tumani Hokimi Samandar Astonov va “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari D. Rustamov ishtirokida Bulung‘ur tumanida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalarning daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida “Onlayn mahalla” platformasi orqali hududdagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini manzilli o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan:
  • kambag‘allik reestridagi oilalarni to‘liq shakllantirish;
  • kambag‘allik chegarasida bo‘lgan oilalarni aniqlash;
  • reestrga kiritilmagan ehtiyojmand oilalarni o‘rganish;
  • xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar va ularning oilalari holatini tahlil qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Har bir oila kesimida bandlik holati, daromad manbalari, mavjud imkoniyat va ehtiyojlar batafsil o‘rganilib, oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan individual chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish, aholining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishda bankning amaliy ishtirokini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

photo_2026-09-17_21-48-59 (2).jpgphoto_2026-09-17_21-49-00 (2).jpgphoto_2026-09-17_21-49-00 (3).jpgphoto_2026-09-17_21-49-00 (4).jpgphoto_2026-09-17_21-49-00 (5).jpgphoto_2026-09-17_21-49-00.jpg