Bulung‘ur tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi va yoshlar bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Mazkur yo‘nalishda mahallalardagi ehtiyojmand oilalarni xonadonbay o‘rganish, fuqarolarni mavjud ko‘nikma va imkoniyatlaridan kelib chiqib kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, ularni daromadli mehnatga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, tumanning olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan Xo‘jamazgil mahallasida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida mehnat yarmarkasi hamda rahbarlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Bulung‘ur tumani hokimi S.Astonov, “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari D.Rustamov hamda tuman tashkilotlari va banklar rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuvda yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni boshlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Jarayonlarda asosiy e’tibor har bir oila va fuqaroning muammosini aniqlash, unga mos yechim topish hamda bandlik va daromadni oshirishning aniq mexanizmlarini belgilashga qaratilmoqda. Bildirilgan murojaat va takliflar asosida mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, ularning ijrosi nazoratga olinmoqda.

Har bir oila va yoshga e’tibor — farovonlik sari qadam!

photo_10_2026-10-09_16-29-25.jpg
photo_9_2026-10-09_16-29-25.jpg
photo_8_2026-10-09_16-29-25.jpg
photo_7_2026-10-09_16-29-25.jpg
photo_6_2026-10-09_16-29-25.jpg
photo_5_2026-10-09_16-29-25.jpg
photo_4_2026-10-09_16-29-25.jpg
photo_3_2026-10-09_16-29-25.jpg
photo_2_2026-10-09_16-29-25.jpg
photo_1_2026-10-09_16-29-25.jpg