Bulung‘ur tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning biznes faoliyatini rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda mavjud muammolarni hal etish bilan bog‘liq murojaat va takliflari joyida tinglandi. Xususan, “Sohil bo‘yi” loyihasi doirasida faoliyat boshlash istagidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning tashabbuslari va ehtiyojlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Navbahor mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda Bulung‘ur tumani hokimi S.Astonov hamda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari D.Rustamov ishtirok etdi. Muloqotlarda tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, biznes loyihalarini moliyalashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar muhokama qilindi.

Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Turonbank — tadbirkorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi!

photo_10_2026-10-09_15-47-42.jpg
photo_9_2026-10-09_15-47-42.jpg
photo_8_2026-10-09_15-47-42.jpg
photo_7_2026-10-09_15-47-42.jpg
photo_6_2026-10-09_15-47-42.jpg
photo_5_2026-10-09_15-47-42.jpg
photo_4_2026-10-09_15-47-42.jpg
photo_3_2026-10-09_15-47-42.jpg
photo_2_2026-10-09_15-47-42.jpg
photo_1_2026-10-09_15-47-42.jpg