“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Buxoro viloyatida mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli o‘rganishlar izchil davom etmoqda. “Turonbank” ATB vakillari S.Komilov, B.Botirov, O‘.Tangirov va F.Yandashev boshchiligidagi ishchi guruh Kogon shahri hokimi bilan birgalikda Mustaqillik MFY hududida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, mahalla bankiri hamda fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, ularning yechimlari va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, mahallalarda faoliyat yuritayotgan bank vakillarining ish tajribasi ham o‘rganildi. Xususan, Buxoro shahridagi Shohnigor, Beshrabot va Hajuvon mahallalarida amalga oshirilayotgan manzilli ishlar natijasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan individual ishlash bo‘yicha izchil faoliyat olib borilayotgani qayd etildi. Hajuvon mahallasida joriy yil davomida davlat dasturlari doirasida 6,1 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Xonadonma-xonadon olib borilgan o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar joyida ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. “Turonbank” ATB tomonidan mahallalarda boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish hamda har bir hududning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish borasidagi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

photo_10_2026-08-13_13-07-45.jpg
photo_9_2026-08-13_13-07-45.jpg
photo_8_2026-08-13_13-07-45.jpg
photo_7_2026-08-13_13-07-45.jpg
photo_6_2026-08-13_13-07-45.jpg
photo_5_2026-08-13_13-07-45.jpg
photo_4_2026-08-13_13-07-45.jpg
photo_3_2026-08-13_13-07-45.jpg
photo_2_2026-08-13_13-07-45.jpg
photo_1_2026-08-13_13-07-45.jpg