“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Buxoro viloyatida ham mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda. “Turonbank” ATB vakillari S.Komilov, B.Botirov, O‘.Tangirov va F.Yandashevlar boshchiligidagi ishchi guruh Qorako‘l tumani, Kogon shahri, Buxoro shahri hamda Vobkent tumanida bo‘lib, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida “Turonbank” ATB vakillari mahalla raisi, hokim yordamchisi va mahalla bankiri bilan joyiga chiqqan holda uchrashib, hududdagi mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda mahalla ko‘rsatkichlarining bajarilish holatini atroflicha muhokama qildi. Shuningdek, mahalla faollari, fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xonadonma-xonadon olib borilgan o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar joyida ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda boshlangan islohotlarni izchil davom ettirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

photo_2026-07-29_21-08-38.jpgphoto_2026-07-29_21-08-38 (2).jpgphoto_2026-07-29_21-43-32.jpgphoto_2026-07-29_21-08-41.jpgphoto_2026-07-29_21-08-43.jpgphoto_2026-07-29_21-08-44.jpgphoto_2026-07-29_21-08-47.jpg