4 Avg 2026
Ijtimoiy tarmoqlarda “Turonbank” ATB nomidan fuqaroning telefon raqamiga o‘zi tanimaydigan begona shaxsga tegishli bo‘lgan SMS-xabarnomalar hamda tasdiqlash kodlari yuborilayotgani yuzasidan bildirilgan murojaat bo‘yicha “Turonbank” ATB quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur murojaat bank tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olinib, unda keltirilgan holatlarni xolis va har tomonlama o‘rganish maqsadida tegishli tekshiruv ishlari olib borildi. Shuningdek, murojaat muallifi bilan telefon orqali bog‘lanilib, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar olindi.
O‘rganish davomida fuqaroning telefon raqamiga boshqa shaxsga tegishli SMS-xabarnomalar va tasdiqlash kodlari yuborilishi bilan bog‘liq holatning kelib chiqish sabablari tegishli mas’ul mutaxassislar tomonidan batafsil ko‘rib chiqildi. Aniqlangan holat yuzasidan zarur texnik va amaliy choralar ko‘rilib, fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.
Shuningdek, murojaat muallifiga o‘rganish natijalari, amalga oshirilgan ishlar hamda bankning mazkur holat bo‘yicha pozitsiyasi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Kelgusida shu kabi holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mas’ul bo‘linmalarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
“Turonbank” ATB o‘z faoliyatida mijozlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bank xizmatlari xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligi, xizmat ko‘rsatish sifati, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Bank tizimida mijozlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat belgilangan tartibda xolis va atroflicha o‘rganilib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati