3 Avg 2026
Mazkur murojaat bank tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olinib, unda keltirilgan holatlarni xolis va har tomonlama o‘rganish maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruv davomida murojaatda qayd etilgan vajlar, mijozga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq holatlar hamda filial mas’ul xodimlarining xatti-harakatlari batafsil o‘rganildi. Shuningdek, holatga aloqador xodimlardan tegishli tushuntirish xatlari olinib, mavjud ma’lumotlar o‘zaro solishtirildi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, murojaatda bayon etilgan ayrim holatlar vaziyatning barcha jihatlarini to‘liq aks ettirmagani va bir tomonlama talqin qilingani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, xizmat tekshiruvi davomida mijozlar bilan muloqot qilish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va tushunarli izoh berish hamda bank xizmatlarini ko‘rsatishda belgilangan standartlarga qat’iy rioya etish bo‘yicha ayrim jihatlarga qo‘shimcha e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.
Mazkur holatdan kelib chiqib, filialning tegishli mas’ul xodimlariga mijozlar bilan ishlashda xizmat ko‘rsatish madaniyati va kasbiy etika talablariga qat’iy rioya etish, murojaatlarga to‘liq va asoslantirilgan tushuntirishlar berish hamda kelgusida shu kabi e’tirozlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha bankning ichki tartib-taomillariga muvofiq zarur choralar ko‘rildi.
Shuningdek, bank tomonidan fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, xizmat tekshiruvi natijalari va bankning bu boradagi pozitsiyasi ma’lum qilindi.
“Turonbank” ATB o‘z faoliyatida mijozlar manfaatlarini hurmat qilish, xizmat ko‘rsatish sifati, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qiladi. Bank tizimida mijozlarning huquq va manfaatlariga daxldor har bir murojaat belgilangan tartibda xolis va atroflicha o‘rganilib, aniqlangan holatlarga tegishli huquqiy hamda amaliy baho berilishi ta’minlanadi.
Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati








