Davlatimiz rahbarining kambag'allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash hamda mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida Namangan viloyatida belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, "Turonbank" ATB mas’ul vakillari, Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimi Dilmurod Qodirov hamda tuman mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda biriktirilgan mahallalarda manzilli o'rganishlar olib borilib, hududlarning "o'sish nuqtalari" aniqlanmoqda, aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, yangi ish o'rinlarini yaratish hamda kambag'allikni qisqartirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur tizimli ishlar natijasida Kosonsoy tumanidagi "Zamondosh" mahalla fuqarolar yig'inida kambag'allik darajasi 10,6 foizdan 5,4 foizga qisqartirildi. Ushbu natija davlat organlari, mahalliy hokimlik, mahalla institutlari va "Turonbank" o'rtasidagi samarali hamkorlik, shuningdek, mahallabay ishlash tizimi asosida olib borilayotgan amaliy sa'y-harakatlarning yaqqol ifodasidir.

Shuningdek, aholini moliyaviy qo'llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida fuqarolarga zamonaviy moliyaviy xizmatlar taklif etilmoqda. Xususan, Islomiy mikromoliya tashkiloti tomonidan Murobaha shartnomasi asosida jismoniy shaxslarga 100 million so'mgacha, yuridik shaxslarga esa 500 million so'mgacha moliyalashtirish ajratilishi yo'lga qo'yilgan. Ushbu moliyalashtirish Islom dinida taqiqlanmagan barcha moddiy buyumlarni xarid qilish uchun taqdim etiladi.
Mazkur moliyaviy vositalar aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, oilalar daromadini oshirish hamda mahallalarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Kelgusida ham "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kambag'allikni yanada qisqartirish bo'yicha tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.

photo_2026-07-29_22-03-15 (3).jpg
photo_2026-07-29_22-03-16.jpg
photo_2026-07-29_22-27-50.jpg
photo_2026-07-29_22-03-19.jpg
photo_2026-07-29_22-03-19 (2).jpg
photo_2026-07-29_22-03-18.jpg
photo_2026-07-29_22-03-20.jpg
photo_2026-07-29_22-03-20 (2).jpg
photo_2026-07-29_22-03-21.jpg