"Turonbank" ATB transformatsiya jarayonlarining ilk bosqichida "COLVIR" yangi avtomatlashtirilgan bank tizimiga o'tib, biznes jarayonlarning asosiy qismini avtomatlashtirdi. Yangi avtomatlashtirilgan tizim bank mahsulotlari qatorini kengaytirish va mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonlarida bevosita qo'llanilmoqda.

Chakana biznes yo'nalishida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun o'tkazilgan navbatdagi seminarda "Colvir Banking System" avtomatlashitirilgan bank tizimida bank mahsulotlari, jumladan, kredit mahsulotlarini yaratishning yangicha usuli haqida so'z yuritildi. Xususan, tizimda kredit mahsulotlarini yaratish jarayonida nimalarga ahamiyat berilishiliga alohida e'tibor qaratildi.

"Turonbank" ATBga maxsus taklif etilgan xalqaro toifadagi mutaxassis Veronika Sazonova "Colvir Banking System" avtomatlashtirilgan bank tizimida kredit mahsulotlarini yaratish jarayonlarini yanada tezlashtirish va osonlashtirish bo'yicha batafsil ma'lumotlarni taqdim etib, amaliy jihatdan ham tushuntirishlar berib o'tdi.

1 (7).jpg

2 (7).jpg

3 (6).jpg

4 (6).jpg

5 (5).jpg