Yangi O‘zbekistonda aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va tezkor yechim topish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 40 kunlik” tashabbusi ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida TuronBank Boshqaruv Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Shayxontohur tumanining Ko‘kcha darvoza hamda Olimxo‘jayev mahallalarida bo‘ldi

Mahallalarda mavjud muammolar atroflicha o‘rganilib, fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etildi.

Aholiga TuronBank tomonidan taqdim etilayotgan bank mahsulotlari va xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berilib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qiluvchi moliyaviy imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Mahalla bankirlari va Mahalla yordamchi agentlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning joylardagi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi hamda davlat dasturlarini mahallabay amalga oshirishdagi o‘rni muhokama qilindi.

Hududlarda olib borilayotgan islohotlarning natijadorligi, avvalo, xalq bilan birga ishlash, ularning ishonchini oqlash va har bir xonadonga amaliy ko‘mak yetkazish bilan chambarchas bog‘liq ekani alohida ta’kidlandi.

Inson qadri ulug‘lanayotgan bugungi davrda mahallaga kirib borish, har bir murojaatni tinglash va muammolarga yechim topish – bu shunchaki vazifa emas, balki xalq manfaatlariga sadoqat ifodasidir.

Zero, kuchli mahalla, faol fuqarolar va samarali hamkorlik — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim tayanchidir.

photo_2026-08-08_09-38-46.jpgphoto_2026-08-08_09-38-48 (2).jpgphoto_2026-08-08_09-38-48.jpgphoto_2026-08-08_09-38-49.jpg