Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Turon kitob bekati” loyihasi doirasida metropoliten bekatlarida tashkil etilgan kitob javonlari 2 000 dona yangi kitoblar bilan boyitildi.
Shuningdek, yangi kitoblarga Mustaqillik bayrami shukuhini aks ettiruvchi bayramona stikerlar yopishtirilib, xalqimiz e’tiboriga taqdim etildi. Mazkur tashabbus orqali bayramona kayfiyat bilan birga, kitobxonlik va ma’rifatga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsad qilingan.
Zero, kitob — inson tafakkurini boyitadigan, qalblarga ezgulik va ma’rifat ulashadigan bebaho manba. “Turon kitob bekati” loyihasi esa kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholiga kitobni yanada yaqinlashtirish va ma’rifat ulashish yo‘lida ezgu tashabbuslarni davom ettirmoqda.
Turonbank — ma’rifat va ezgu tashabbuslar tarafdori!











